
E’lon!
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Islom Karimov va Navoiy nomli davlat stipendiyalariga hujjatlar qabuli joriy yilning 9-iyundan 30-iyunga qadar boshlanishini ma'lum qilamiz. Hujjatlar universitet Ilmiy boʻlimida (124-xona) qabul qilinadi.
Prezident stipendiyasiga faqat bitiruvchi kurslar (ayni vaqtda bakalavriatda 3-kursni, magistratura mutaxassisligida 1-kursni tamomlayotgan) , nomdor stipendiyalarga oxirgi 2 kursda (ayni vaqtda 2- va 3-kursni tamomlayotgan) tahsil olgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Magistrlar uchun talab qilinadigan hujjatlar:
HEMIS tizimidan yuklangan baholar qaydnomasi;
kafedra tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
ilmiy rahbarning fikr-mulohazalari;
ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari.
Bakalavr talabalari uchun:
HEMIS tizimidan yuklangan baholar qaydnomasi;
kafedraning tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;