Yangiliklar

img
Mon, 11/21/2022 - 21:49

Ekologik savodxonlik kerak (mi)?

2022-yilning 21-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti va O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida  davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur davra suhbatini Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo‘limi boshlig‘i A.Ikromov ochib berdi. Suhbat davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N. Aminov, K. Jumaniyozov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi S.Fayziyeva, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi devoni bo‘lim boshlig‘i D. Sharipovalar ekologiya sohasida qabul qilingan va qilinayotgan qonunlar, amalga oshirilayotgan ishlar, ekologik qonun buzilishlarini oldini olish uchun qilinayotgan  ishlar haqida  talaba-yoshlarga ma’lumot berib o‘tdilar va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.