Yangiliklar

img
Thu, 06/23/2022 - 17:37

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar

Savol: Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomalar qancha muddat davomida amal qiladi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq tavsiyanomalar oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga bir yilga beriladi.

Lekin 2020-yilda berilgan tavsiyanomalar rasmiylashtirib berilgan sanadan e’tiboran 3 yil muddat davomida kuchga ega bo‘lishi belgilangan (https://lex.uz/docs/-4866624?ONDATE=23.06.2020%2000#-4871409).

Demak, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalarning amal qilish muddati quyidagicha:

 2020-yilda berilgan tavsiyanomalar — 3 yil;
 2021-yilda berilgan tavsiyanomalar — 1 yil;
 2022-yilda berilgan tavsiyanomalar — 1 yil.

Izoh: tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi.