Yangiliklar

img
Tue, 09/13/2022 - 14:08

Ege universiteti bilan hamkorlik yanada rivojlanadi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga Turkiyaning nufuzli Ege universiteti Turk dunyosi tadqiqotlari instituti vakili post-doktor Ibrohim Shahin keldi. Mehmonni universitetimiz xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova qabul qildi. Suhbat davomida tomonlarning o'zaro hamkorligini yanada kengaytirish masalalari tahlil qilindi, birgalikda amalga oshirish mumkin   bo'lgan loyihalar ko'rib chiqildi. 
Ege universiteti vakili talabalar akademik almashinuvini yo'lga qo'yish, birgalikda ilmiy anjumanlar tashkil etish, professor-o'qituvchilarning malakasini oshirish borasida hamkorlik o'rnatish taklifini bildirdi. 


ToshDO'TAU bitiruvchilarini Turkiyaning Ege universiteti mos yo'nalishlarida magistratura bosqichida o'qishlari uchun imkoniyatlar yaratish borasida ham takliflar bildirildi.
Erasmus+ doirasida birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar uchun takliflar tayyorlashga kelishib olindi.  Turkiyaning "O'rxun" dasturi doirasida ToshDO‘TAUning iqtidorli talabalarini maxsus akadem mobillik  asosida Ege universitetiga yuborish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.