Yangiliklar

img
Fri, 10/20/2023 - 16:28

"EducationUSA" forumi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 18-20-oktabr kunlari Toshkentda "EducationUSA" Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqaviy forumi bo'lib o'tdi. Forumda universitetimizning xalqaro offisi vakillari O.Gulyamova va L.Aysayevalar ham ishtirok etishdi. "EducationUSA" forumi O'zbekistonda ilk marta tashkil etilmoqda va AQSHdagi nomdor universitetlar o'zlarining bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bilan ishtirok etishmoqda. 
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan forum doirasida universitetimiz vakillari AQSH hukumati va AQSh oliy taʼlim mutaxassislari, shuningdek,  "EducationUSA"  tashkilotchilari tomonidan tayyorlangan  turli mavzulardagi  mahorat seminarlarida qatnashadilar. Bundan tashqari AQSHning 50 ga yaqin universitetlari bilan ToshDO'TAU o'rtasida hamkorlik o'rnatish bo'yicha muzokaralar olib borildi.