“Dunyo giyohvandlikka qarshi”
589583-YeRR-1-NO-EPPKA2-CBY-ACPALA “Dunyo giyohvandlikka qarshi” loyihasida Norvegiya, Italiya, Ruminiya, Malta va O'zbekistondan ishtirokchilar giyohvandlikka qaramlikni oldini olish metodlarini ishlab chiqish, muammoning eng samarali yechimlarini o'rganish uchun yig'iladilar. Turli jamiyatlarda moddiy imkoniyatlarning cheklanganligi, moliyaviy muammolar, oilalarning buzilishi tufayli tushkunlikka tushish holatlari uchraganligi sabab Dastur yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qiladi. Loyiha sektorlararo hamkorlik yo'li bilan ijtimoiy integratsiyani kengaytirish va mehnat bozoriga yoshlarni jalb qilish, xususiy nodavlat ta'lim va yoshlarning faol fuqarolik mavqei samaradorligini oshirish uchun sharoit yaratadi.