Fri, 09/15/2023 - 15:40
Do'mbira sadosida qadriyatlar jarangi
Mamlakatimizda xalqimizning yuksak badiiy ijodiyoti asosida yaratilgan nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash, xalq og‘zaki ijodining qadimiy an’analarini tiklash va milliy qadriyatlarni izchil rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yosh avlodning qadimiy va qadri an'analarimizga bo'lgan mehri ham yiksalib borayotgani hech kimga sir emas.
14-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida Xalqaro baxshichilik festivali g'olibi Otaqul To'rayev ishtirokida adabiy-ijodiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda xalq dostonlaridan namunalar, badihago‘ylik yo‘lida termalar, aytishuvlar ijro etildi. Tadbirga 100 dan ortiq baxshichilik san’ati ixlosmandlari ishtirok etdi.