
Dolzarb 90 kun: Teatr kuni
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar talaba-yoshlarning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga hissa qo‘shib kelmoqda.
Kuni kecha universitetimiz pedagog-xodimlari va talaba-yoshlari O‘zbekiston Davlat satira teatri tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini yorituvchi “Totli ro‘yolar” nomli spektakl premyerasiga tashrif buyurdilar.
Shiddat bilan o’zgarib borayotgan asrimizda doimo ogoh bo‘lish, farzandlar tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish, ularning kelajagiga befarq bo‘lmaslik, vaqtning qadriga yetish, hukumatimiz tomonidan ilm olish va sport bilan shug‘ullanish uchun yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligini, shuningdek, atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lishning oqibati ayanchli yakun topishini hikoya qiluvchi mazkur spektakl premyerasi tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.