Yangiliklar

img
Wed, 06/04/2025 - 17:41

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ko‘ngilochar tadbir tashkil etildi

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 15-may kuni talim tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirishga bagishlab otkazilgan videoselektor yigilishida yoshlarning bosh vaqtini mazmunli tashkil etish masalasiga alohida urgu berildi. Ushbu vazifalar ijrosi doirasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi boshlab berildi.
Loyiha doirasida talaba-yoshlarning yozgi tatil davridagi bosh vaqtlarini samarali otkazish maqsadida mamlakatimiz boylab turli madaniy-marifiy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu jumladan, Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi “Moviy gumbaz” xiyobonida bolib otgan tantanali ochilish marosimida turli musiqiy chiqishlar, interaktiv oyinlar va madaniy korgazmalar namoyish etildi.
Mazkur tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, yoshlar orasida ijtimoiy faollik va soglom turmush tarzini targib etishga munosib hissa qoshdilar.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi yoshlarning istedodini ro‘yobga chiqarish, ularni madaniy hayotga keng jalb etish hamda bosh vaqtlarini mazmunli otkazish yolida muhim platforma bolmoqda.