Doktoranturaga kirish imtihonlari o'tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori talablariga muvofiq, 2025-yil 21-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutining mustaqil izlanuvchilik va doktorantura yo‘nalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun qabul suhbati o‘tkazildi.
Jarayonning shaffofligini ta’minlash maqsadida qabul suhbati Zoom platformasi orqali onlayn translyatsiya qilindi. Suhbat universitet professor-o‘qituvchilaridan iborat komissiya tomonidan og‘zaki suhbat shaklida o‘tkazilib, unda talabgorlarning ilmiy-ijodiy salohiyati, nazariy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari, tahliliy fikrlash darajasi hamda rejalashtirilayotgan tadqiqot mavzusining dolzarbligi va istiqbolliligi har tomonlama baholandi.
Suhbat davomida ixtisoslikka doir nazariy bilimlar, ilmiy manbalarni tahlil qilish ko‘nikmalari, zamonaviy tadqiqot metodlaridan foydalanish darajasi, shuningdek, ilmiy loyihaning amaliy ahamiyati va natijalarni soha rivojiga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqildi.
Quyida doktorantura va mustaqil izlanuvchilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
Doktorantura (DSc) institutiga:
10.00.01 – O‘zbek tili,
10.00.02 – O‘zbek adabiyoti,
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik,
10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
Mustaqil izlanuvchilik institutiga:
10.00.01 – O‘zbek tili,
10.00.02 – O‘zbek adabiyoti,
10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti,
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik,
10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik,
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti).

