Yangiliklar

img
Sat, 03/26/2022 - 16:19

Doktorantlarning choraklik hisoboti oʻtkazildi

Joriy yilning 25-26-mart kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 1-2-3-bosqich doktorantlari uchun choraklik monitoring oʻtkazildi. Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Zaynobiddin Abdurashidov va monitoring kengashi aʼzolari tomonidan 1-kurslar 2022-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar hisoboti, 2-kurslar qabul qilinganidan to 2022-yil 1-choragigacha amalga oshirilgan ishlar hisoboti, 3-kurslar qabul qilinganidan to 2022-yil 1-choragigacha amalga oshirilgan ishlar hisobotlari tinglandi va amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha tanqidiy xulosalar berildi. Shaxsiy ish rejalarida belgilangan ishlarning bajarilishi, turli ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, konferensiyalardagi ishtiroklari haqidagi barcha ma'lumotlar ilovalari bilan birgalikda monitoring hay'atiga taqdim etildi. Monitoring xulosalari universitet ilmiy kengashida muhokama qilinadi.