Doktorantlarning 3-chorak monitoringgi yakunlandi
Universitetimizda 2025-yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha 3-bosqich doktorantlarning faoliyati monitoringdan o‘tkazildi. Mazkur jarayonni universitetimizning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor N. Normurodova shaxsan olib bordi. Monitoring natijalariga ko‘ra, doktorantlarning ilmiy faoliyati va dissertatsiya ishlari holati yuzasidan umumiy ma’lumotlar shakllantirildi. Ayrim ixtisosliklarda doimiy ilmiy kengash mavjud emasligi sababli, doktorantlarga boshqa oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kengashlarda himoya qilish yoki bir martalik kengash tuzishga ruxsat olish tartibidan foydalanish imkoniyati eslatib o‘tildi. Shuningdek, bakalavriat yoki magistratura mutaxassisligi doktorantlik yo‘nalishi bilan mos kelmagan tadqiqotchilar uchun himoya oldidan maxsus imtihon topshirish tartibi mavjudligi ma’lum qilindi. Universitet rahbariyati barcha jarayonlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan va dissertatsiya himoyasini muvaffaqiyatli yakunlagan doktorantlar hamda ularning ilmiy rahbarlariga minnatdorlik bildirdi. 20-sentabr 2025-yil holatiga ko‘ra, 2 nafar tadqiqotchi dissertatsiyasini himoya qilgan, 7 nafari seminardan o‘tgan, 40 nafari kafedra muhokamasidan o‘tgan, 45 nafari esa hali muhokamadan o‘tmagan bo‘lib, jami doktorantlar soni 94 nafarni tashkil etadi.



