Yangiliklar

img
Wed, 05/11/2022 - 13:30

Doktorant va ilmiy izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonlar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning  11-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida doktorant va ilmiy izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur malakaviy imtihonlar quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazildi:
10.00.01 – O‘zbek tili;
10.00.02 – O‘zbek adabiyoti;
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik; 
10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi; 
13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti); 
10.00.10 – Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik.

Imtihon qatnashuvchilari savollarni tanlab olishdi.

Savollarga avval yozma, keyin belgilangan muddatda og'zaki tarzda javob berishdi.


Mutaxassislik fanlardan imtihonlarni qabul qilish komissiya a'zolari: filologiya fanlari doktori, professor Sh.Sirojiddinov, filologiya fanlari doktori, professor N.Mahmudov, filologiya fanlari doktori, professor B.Karimov, filologiya fanlari doktori, professor B.Abdushukurov, filologiya fanlari doktori, professor H.Dadaboyev va filologiya fanlari doktori, professor Q.Yo‘ldoshevlar raisligida shaffof holda o‘tkazildi.