Wed, 09/30/2026 - 09:17
Diqqat tanlov!
Aziz talabalar! Startap g'oyangiz bormi? Uni 100 million so'mgacha grantga aylantirish imkoniyati sizni kutmoqda! Kimlar qatnashadi?
Bakalavriat va magistratura talabalari (yakka yoki jamoa bo'lib).
Grantlar (jami 300 mln so'mgacha):
- 1-o'rin: 100 mln so'm
- 2-o'rin: 50 mln so'mdan (2 ta)
- 3-o'rin: 25 mln so'mdan (4 ta)
Muddatlar:
- ▪️ Arizalar 4-oktabrgacha qabul qilinadi.
- ▪️ Respublika bosqichi: 1 oy
- ▪️ Taqdirlash marosimi: yanvar oyining oxirgi 10 kunligi
Qanday ishtirok etiladi?
Universitetimizda ichki saralash o'tkaziladi. Eng yaxshi 3 ta loyiha respublika bosqichiga yo'llanma oladi.
Tanlov nizomi ilova qilinadi. Uni diqqat bilan o'qib chiqing va hujjatlaringizni o'z vaqtida topshiring!
Batafsil ma'lumot: [+998990736263]

