Yangiliklar

img
Mon, 10/13/2025 - 12:58

DIQQAT E'LON

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2026-yil uchun tayanch doktorantura va doktorantura uchun qabul e’lon qiladi.

Ixtisosliklar shifri va nomi 

  • 10.00.01 - O'zbek tili    
  • 10.00.02 - O'zbek adabiyoti   
  • 10.00.05 - Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti   
  • 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
  • 10.00.07 - Adabiyot nazariyasi
  • 10.00.08 - Folklorshunoslik
  • 10.00.10 - Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
  • 10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
  • 13.00.02 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti)

Talab etiladigan hujjatlar:

Tayanch doktorantura (PhD) uchun

  • Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka)
  • Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi. (tizimda integratsiya qilingan bo‘lsa shart emas)
  • Nashr etilgan ilmiy ishlarning nusxalari, havolalari bilan (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis).
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
  • Chet tilini bilish bo'yicha tan olingan talab darajasidagi sertifikatlar 

Shuningdek, Doktorantura (DSc) uchun 

  • Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka)
  • Chet tilini bilish bo'yicha tan olingan talab darajasidagi sertifikatlar
  • Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
  • Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi.
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari, havolalari bilan (kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis).

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim https:// (daraja.ilmiy.uz)  orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Qabul kvotalarini quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Hujjatlar 2025-yilning 5-oktabridan  5-noyabriga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun manzil: Toshkent shahar Yakkasaroy tuman Yusuf Xos Hojib ko'chasi 103-uy
Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
Ma’lumot uchun telefon: 
+998 97 756 54 52 

ToshDO'TAU qabul kvotasi