Yangiliklar

img
Tue, 12/21/2021 - 17:57

Delegatsiyaning Turkiyaga safari davom etmoqda 

Bugun 21 dekabr kuni  ular eng qadimiy Istanbul universitetiga tashrif buyurishdi. Ushbu universitet XV asrda tashkil etilgan bo‘lib, juda qadimiy va o‘z an'analariga ega,  qolaversa,  bugungi kun jahon reytinglarida ham munosib o‘ringa ega ta'lim muassasasidir.
Mazkur universitet bilan ham hamkorlikning barcha shartlari kelishib olindi va memorandum imzolanishi kutilmoqda. 
Istanbul universitetining ko‘p yillik ilg'or tajribalarini o‘rganish,  ular bilan ilmiy, pedagogik,  uslubiy,  madaniy-ma'rifiy jabhalarda hamkorlik qilish biz uchun g'oyat manfaatli bo‘ladi. O‘z navbatida turkiy xalqlarning eng boy tarix va madaniyatga ega bo‘lgan O‘zbekistonning eng nufuzli oliygohi bilan hamkorlik turkiyalik hamkasblarimiz uchun ham har jihatdan foydali.