Yangiliklar

img
Tue, 12/21/2021 - 18:04

Delegatsiya Sulaymoniya kutubxonasida

Delegatsiyaning yana bir muhim tashrifi dunyoga mahshur Sulaymoniya kutubxonasiga uyushtirildi.
Ilm ahli tomonidan ko‘p e'tirof etiluvchi,  nihoyatda uzoq tarix va boy fondga ega bo‘lgan Sulaymoniya kutubxonasi haqida eshitganmisiz?!
Delegatsiyaning yana bir muhim tashrifi dunyoga mahshur Sulaymoniya kutubxonasiga uyushtirildi. Ushbu kutubxona haqida bilmagan ziyoli topilmasa kerak. Kutubxonaning nodir fondi butun dunyo ilmiy jamoatchiligi uchun ham qadrlidir. Bundan bir necha yil muqaddam universitetimiz rektori Shuhrat Sirojiddinov ham Sulaymoniya kutubxonasiga tashrif buyurib, hamkorlik o‘rnatgan edi. Bu gal ham delegatsiyamiz a'zolari bu noyob ilm maskanini ziyorat qildilar. Kutubxona rahbariyati tomonidan ToshDO‘TAU rektori Shuhrat Sirojiddinovga bir nechta maxsus qo‘lyozma sovg'alar taqdim etildi. Ushbu kutubxona bilan ham yaqin vaqtlarda yangi maqsadlarni ko‘zda tutuvchi shartnoma tuzilishi belgilab olindi.