Yangiliklar

img
Wed, 12/22/2021 - 16:52

Delegatsiya Bosfor universitetida

Bosfor universiteti ( Boğaziçi Universityhttp://www.boun.edu.tr/  ) Turkiya OTMlari orasida milliy reytingda birinchi va jahon reytingida kuchli yuztalikka kiradigan universitet hisoblanadi. AQSH bilan hamkorlikda XIX asrda ochilgan xalqaro davlat universiteti gumanitar fanlar, tillar, muhandislik bo'yicha dunyoga tanilgan universitet bilan memorandum imzolangani hamkorligimiz boshlanishining eng birinchi odimlari. Bosfor universitetining ko‘p yillik ilg'or tajribalarini o‘rganish,  ular bilan ilmiy, pedagogik,  uslubiy jabhalarda hamkorlik qilish biz uchun g'oyat manfaatli bo‘ladi. O‘z navbatida turkiy xalqlarning eng boy tarix va madaniyatga ega bo‘lgan O‘zbekistonning eng nufuzli oliygohi bilan hamkorlik turkiyalik hamkasblarimiz uchun ham har jihatdan foydali ekanligi Bosfor universiteti rektori tomonidan ta'kidlandi.