Yangiliklar

img
Thu, 02/17/2022 - 17:33

Dekan talabalar bilan nima haqda suhbat qildi?

Joriy yil 16-fevralda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani,  PhD, dotsent Anvar Islamovich Sayfullayev fakultetning 2-kurs (ingliz tili)  talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda semestr yakuni va  yangi semestrning boshlanishi, kredit-modul tizimi, o'qituvchi sillabuslari va baholash  mezonlari  haqida suhbat o'tkazildi. Fakultet dekani talabalarga yangi semestrda o‘quv jarayonidagi barcha o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi. Talabalar kredit-modul tizimi  haqidagi  savollarga javob oldilar.