Yangiliklar

img
Sat, 10/21/2023 - 15:32

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida qo'shaloq bayram

2023-yilning 20-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida  “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusidagi an’anaviy respublika uchinchi ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi. Anjuman avvalida Markazning yangi binosi ham foydalanishga topshirildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Xolboʻtayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Isajon Sulton, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor  Shuhrat Sirojiddinov,    O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov va ko'plab olim va tilimiz fidoyilari ishtirok etdi. 
 Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son, 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son farmonlariga asosan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qarori bilan tashkil etilgan. 
 Bugungi kunda Markaz Toshkent shahrida hamda respublikaning 13 ta hududida o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

 
Mazkur Markaz aholi savodxonligini oshirish maqsadida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining tashabbusi bilan “Tilbilig.uz elektron platformasi”, tahrirlovchi.uz platformalari ham yaratilgan.  Anjumanda savdo ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish maqsadida yaratilgan milliynom.uz elektron platformasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Aytish kerakki, ushbu platforma 40mingga yaqin milliy nomlar zaxirasiga ega.