Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni qabul qilinganligiga 33 yil to'lishi munosabati bilan hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi "Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6084-sonli Farmoniga muvofiq "2020-2030-yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasi"da belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida 2022-yil 22-oktabrda "Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Anjuman "O'zbek tilshunosligining nazariy masalalari", "O'zbek alifbosi va imlosi muammolari", "Davlat tilida ish yuritish masalalari', "Amaliy tilshunoslik masalalari', "Soha lug'atlarini tuzish va terminologiya masalalari", "Ta'lim bosqichlarida davlat tilining oʻqitilishi" singari sho'balarda ish olib bordi.

Konfernsiyada yurtimizning turli vazirlik va idoralari xodimlari, rahbar masalahatchilari, soha mutaxassislari, tilshunos olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Tanlab olingan dolzarb mavzudagi maqolalar "Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari sifatida nashr etildi.


