“CLASS+” dasturi. “Kompyuter lingvistikasi”

“CLASS+” dasturi. “Kompyuter lingvistikasi” ((585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP)) mutaxassisligi bo'yicha magistratura uchun o'quvmetodik ta'minotini yaratish mazkur mutaxassislik bo'yicha talabalar bilimini oshirishga qaratilgan o'quv reja asoslarini yaratishni ko'zda tutadi hamda bu orqali elektron lug'atlar, mashina tarjimasida muhim bo'lgan o'zbek tilining shakliy belgilarini tahlil qilishni rag'batlantiradi. Dastur kompyuter ta'lim dasturlari (o'zbekcha, qozoqcha, inglizcha)ni yaratish bo'yicha noyob loyihani amalga oshirish imkoniyatini beradi.