
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi "Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to'g'risida"gi 73-son Qarori qabul qilindi. Qarorda bir qancha yangiliklar aks etgan, xususan, 2022-yil 1-martdan boshlab:
1. Chet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki ma'lumotnoma olish uchun test sinovida qatnashish bo'yicha murojaatlarni qabul qilish O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
2. Imtihon o'tkaziladigan kunlar oldindan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy veb sahifasida e'lon qilinadi hamda imtihon kunini mustaqil tanlash huquqi beriladi.
3. Test sinovlari natijalarini e'lon qilish 3 haftadan 1 hafta muddatga qisqartiriladi.
Bunday yangiliklar ko'p. Qarorni to'liq o'qib chiqsangiz batafsil ma'lumotga ega bo'lasiz.