Yangiliklar

img
Sat, 04/02/2022 - 17:28

Chet tilini bilish bugungi kun ziyolilari uchun eng muhim talablardan biri

Chet tilini bilish bugungi kun ziyolilari uchun eng muhim talablardan biri. Tilni bilish darajasini belgilovchi maxsus sertifikatga ega bo’lish esa ma’lum imtiyozlar berishi ham hech kimga sir emas.  Shu munosabat bilan, 2022-yil 2-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida IDP IELTS test markazi mutaxassislarining talabalar bilan yuzma-yuz uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan chet tilini bilish mavzusidagi seminar IDP IELTS test markazi mutaxassislari Kamoliddin Razzakov hamda Muhammadali Abduqahhorovlar tomonidan olib borildi.

Soha vakillari xalqaro sertifikat va uning topshirilishi haqida qimmatli ma’lumotlar berishdi. Talabalarga paper based IELTS (an’anaviy imtihon topshirish) va CD IELTS (Kompyuterda topshiriladigan) testlarining farqlari va afzalliklari, yaxshi va yomon jihatlari o’rgatildi. Shuningdek,  IELTS imtihonining 4 ta til ko'nikmasi (tinglash, gapirish, tushunish, o’qish) bo’yicha alohida  tushuntirishlar berildi. Ma’lumot uchun, IELTS baholash tizimi 0 dan 9 gacha bo’lib, 4 ta til ko’nikmasi bo’yicha topshirilgan imtihon ballaridan yakuniy hisob belgilanadi.

Jarayon yakunida barcha qatnashuvchilar IDP test markaziga borib, “mock test”, ya’ni sinov testlarini mutlaqo bepul topshirish imkoniga ega bo’ldi. Eslatib o'tamiz, endi magistratura yo'nalishiga hujjat topshirish uchun  ham xalqaro sertifikat bo'lishi shart.