Yangiliklar

img
Thu, 10/26/2023 - 19:05

Chempion bilan uchrashuv

2023-yil 26-oktabr kuni universitetda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining sportchisi Ixtiyor Navroʻzov mehmon boʻldi. Erkin kurash sport turi bo‘yicha  Osiyo va jahon Chempioni  Ixtiyor Navruzov koʻplab yoshlar uchun namunaga aylangan. Bugungi uchrashuvda ham
sportchiga asosan u bosib oʻtgan yoʻl, mashgʻulotlar va muvaffaqiyatga erishish sirlariga doir savollar berildi. Mehmon o‘zining hayoti va faoliyati, musobaqalar oldidan boshidan o‘tkazgan mashaqqatlar va erishgan yutuqlari to‘g‘risida birma-bir soʻzlab berdi. Talabalar chempionning soʻzlaridan juda ruhlandilar. 

Ixtiyor Navroʻzov 1989-yil 5-iyulda  Buxoro shahrida tug‘ilgan, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.