Yangiliklar

img
Tue, 11/22/2022 - 20:04

Chegarasiz tarjimonlar

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultet Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o'qituvchisi  Nigina Temirova   tomonidan "Og'zaki va yozma tarjima" fani doirasida 3-kurs  talabalari o‘rtasida "Chegarasiz tarjimonlar" ("Interpreters Without Border") musobaqasi o'tkazildi. Bu musobaqada ishtirok etgan yosh tarjimonlar matn mazmunining saqlanishi, sohalarga oid so‘z va iboralarni tarjima qilishdagi mahoratlarini namoyish etdilar. Albatta,  tarjima oson jarayon emas. Tarjimonning mahorati ayni matnni so‘zma-so‘z tarjima qilish bilan emas, matn mazmunining, uslubning saqlanishi bilan belgilanadi. 
Musobaqa g‘oliblari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.