Yangiliklar

img
Fri, 01/14/2022 - 15:47

Bugun Olim Oltinbek tugʻilgan kun!

Olim Oltinbek adabiyoshunoslikda oʻziga xos sheʼrshunos sifatida tanilgan. Ustoz o‘z saboqlari bilan koʻplab talabalar qalbidan chuqur joy egallagan.  Ustozning “Karimbek Kamiy – milliy uygʻonish shoiri” (2018), “Milliy shuur shuʼlasi” (2021) monografiyalari hamda “Oʻzbek adabiyoti tarixi” (2021) uslubiy qoʻllanmasi nashr etilgan. Professor B.Qosimov bilan birgalikda Abdulla Avloniyning “Tanlangan asarlari”ni va Yoqubjon Isʼhoqovning sheʼriy sanʼatlar haqidagi “Soʻz sanʼati soʻzligi” ilmiy asarini hamda Rauf Parfining 2 jildlik Tanlangan asarlarini (2021. Turkiya) nashrga tayyorlagan. Ustozning adabiy-tanqidiy maqolalari barcha davriy nashrlarda chop etiladi.
  Hozirda  ustoz Olim Oltinbek ToshDOʻTAU Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasida faoliyat yuritib, talabalar, magistrlarlarga adabiyotshunoslik ilmidan saboq berib kelmoqda. 
Universitet jamoasi Ustozni tavallud ayyomi bilan samimiy qutlaydi. Ustozga uzoq umr, sihat salomatlik tilaymiz!