Yangiliklar

img
Sat, 02/26/2022 - 13:19

Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi

Joriy yilning   24-fevral  kuni Yakkasaroy tumani bandlikka koʻmaklashish markazi hamda  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda universitet binosida “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi”  oʻtkazildi.  
Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi avvalo,  “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, "Yoshlar daftari”da turgan yoshlarni ishga joylashishida koʻmaklashish uchun tashkil etildi. Shuningdek, ushbu mehnat yarmarkasida taklif etilayotgan ish oʻrinlariga boʻsh vaqtini samarali tashkil qilishni istagan, oʻqishni amaliyot bilan bogʻlab olib borishga intilayotgan talabalar ham murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldi. 
Ushbu yarmarkada universitetimizning 358 nafar talabasi faol ishtirok etdi, 90 nafari suhbatlashib, ishga joylashish uchun roʻyxatdan oʻtdi va 3 nafari oʻsha yerning oʻzida ishga joylashdi. Talabalar ish beruvchilarga turli savollarni berib, ularga javob oldilar. Ish beruvchi ishga olayotgan fuqarodan qanday hujjatlar talab qilishi bilan qiziqdilar. Talabalar endilikda ish topish uchun asosan qayerga va qanday murojaat qilish haqida tasavvurga ega boʻldilar.