Yangiliklar

img
Tue, 07/12/2022 - 20:57

Bosfor universitetida o‘zbek madaniyati targ‘iboti

Avval xabar berganimizdek universitetimizning barcha fakultetlaridan saralangan bir guruh talabalarimiz Turkiyaning nufuzli Bosfor universitetiga jo‘nab ketgan edilar.  Ayni bugundan talabalarimiz uchun dars mashg‘ulotlari boshlandi. Talabalarimiz Bosfor universitetining mos bosqichlarida tahsil oluvchi tengdoshlari bilan birgalikda dars mashg‘ulotlariga kirishdi.  Ta'lim jarayonida ular o‘zlarining bilimlari va dunyoqarashi bilan Bosfor universiteti pedagoglarining maqtovlariga ham sazovor bo‘lishdi.  Xususan, Bosfor universiteti ma'ruzachisi Kamil Cholluning darsidagi ishtirok talabalarimiz uchun juda maroqli bo‘ldi. Turkiyalik ustoz ham talabalarimiz haqida o‘zining iliq fikrlarini bildirdi.


Kunning ikkinchi yarmida esa o‘zbek madaniyatining o‘ziga xos go‘zal namunalarini targ‘ib etdilar.  Milliy o‘yinlarimiz, milliy liboslarimiz dunyoning turli nuqtalaridan yig‘ilgan Bosfor universiteti jamoasi uchun nihoyatda qiziq bo‘lgani shubhasiz.  Mezbonlar ToshDO‘TAU talabalarining vatanparvarligi va millatsevarligini alohida e'tirof etdilar. 


Safar tafsilotlarini kelgusi xabarlarimizda yoritib boramiz.  Bizni kuzatishda davom eting.