Bo'lajak tarjimonlar amaliyotda
Tarjima nazriyasi va amaliyoti fakulteti 101-guruh (fransuz tili) guruhi talabalari katta o‘qituvchi N.Karimova rahbarligida Toshkent shahridagi muzeylarda amaliyot o'tadilar.
2024-yil 10-fevral kuni amaliyotchi talabalar ishtirokida amaliyot yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Tarjima nazariyasi amaliyoti kafedrasi mudiri Z.Teshaboyeva olib bordi. Talabalar malakaviy amaliyot davrida talabalarning amaliyot hududlarida (muzeylarda) o'tkazgan kunlari bo'yicha hisoblari tinglandi. Talabalarning taassurotlari, muzeyda amaliyot rahbari tomonidan berilgan vazifalar yuzasidan olib borgan ishlari haqida suhbatlashildi. Z.Teshaboyeva suhbat chog‘ida bugungi kunda ta’lim sohasida sodir bo‘layotgan islohotlar, talabalarga berilayotgan imkoniyatlar, malakaviy amaliyot samaradorligini oshirish, tarjimani amaliyot jarayonining subektiga aylantirish, tarjimonlarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini amalda qo‘llay olishlari haqida fikr yuritdi. Bundan tashqari talabalar amaliyotida bajariladigan ishlar rejasini tuzish, guruhga biriktirilgan mas’ul rahbar bilan ishlash, muzeyda tashkil etilgan barcha manbalarni o‘rganib chiqish, eksponat va yozuvlar tarjimasi bilan ishlashni o‘rganish, muzey tarjimonlik faoliyatini o‘rganish va manbalarni qayd etib borish kabi ishlarni ham o‘rganganliklarini aytib o‘tdilar.