Yangiliklar

img
Fri, 12/01/2023 - 11:58

Bo'lajak sotsiologlar uchun yana bir mahorat darsi

2023-yilning 27-30 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili ta’limi fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi Sotsiologiya yo‘nalishi 1-kurs talabalariga turkiyalik doktor (Ilohiyotshunos, Huquqshunos, Sotsiolog), professor Kemal Yavuz Ataman tomonidan “Umumiy sotsiologiya” fanidan darslar tashkil etildi.

Talabalarga doktor Kemal Yavuz Ataman insoniyat tarixidagi Sharq Sivilizatsiyasining durdonasi bo‘lmish Movaraunnahrning o‘rni va roli y va qanday metodologiyaga egaligi haqida gapirib berdi. Ushbu darslari doirasida talabalar Islom madaniyatini rivojlantirishda Movaraunnahrning katta merosga ega ekanligini hamda bu merosni kelajak avlod bilishi kerakligini tushunib olishdi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari aynan ushbu missiyani bajarishdagi asosiy kuch bo‘lib xizmat qilishini, o‘z sohalariga yanada yaqinlashtirishi haqida ta’kidlanib o‘tdi.
Talabalar tomonidan shunday darslar ko‘proq bo‘lib turishi va o‘z sohalarini tadqiq etishdagi kuchli motivatsiya ekanligi ular tomonidan e’tirof etildi.