Yangiliklar

img
Thu, 12/07/2023 - 00:26

Boʻlajak filologlar uchun maxsus binar-seminar dars

2023-yil 6-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari prof. Z. Xolmanova va katta o‘qituvchi (PhD) M. Shamsiyevalar tomonidan “Tilshunoslik nazariyasi” fanidan “Yozuv tizimlari tasnifi” mavzusidagi binar-seminar dars o‘tkazildi. Dars Oʻzbek filologiyasi fakukteti 101-103-106-guruhlari o‘rtasida bellashuv tarzida olib borildi.
Talabalarni esa kafedraning ilgʻor va yetuk olimlari baholab borishdi. 
Binar-seminar darsda mavzuga doir mahalliy va xorijiy maqolalar tahlili, talabaning o‘zi tomonidan yozilgan maqola taqdimoti, tilning muammoli masalalariga bag‘ishlangan videolavha va sahna ko‘rinishlari taqdim etildi. Darsning ushbu turi talabalarning fan yuzasidan ko‘proq ma’lumot olishi, o‘z-o‘zlariga baho berish va identifikatsiyalash, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, omma oldida so‘zlash, taqdimot qilish madaniyati, ijodkorligini oshirishga yordam beradi.
Mashgʻulot yakunida  106- guruh birinchi, 101-guruh ikkinchi, 103-guruh uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Jamoalar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Binar-seminar dars professor-o‘qituvchilar va talabalarda katta taassurot qoldirdi.