Yangiliklar

img
Wed, 02/14/2024 - 16:03

Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlandi

Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. 14-fevral buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligi yurtimiz bo'ylab keng nishonlandi. Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ham Bobur tavallud kuniga bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tdi.
O’zbek tili va adabiyot ta’limi fakulteti 1-bosqich talabalari tomonidan "Biz Bobur avlodlarimiz"deb nomlangan badiiy ma’rifiy kecha tashkil etildi.  Shundan so’ng talabalar tomonidan tayyorlangan Bobur hayoti va ijodi haqidagi  blits savollar va  videorolik namoyishi taqdim etildi. Universitet talaba yoshlari tomonidan Bobur hayotiga doir sahna ko’rinishlari, uning ijodidan g’azal-u ruboyilar ijro etishdi.

 

Nafaqat yurtimiz bo'ylab , balki  butun dunyoda nishonlanayotgan Bobur tavalludining  541 yilligiga bag’ishlangan tadbir  O'zbek filologiyasi fakultetida ham o'zgacha shukuh bilan nishonlandi. Talabalar ijrosidagi ajoyib sahna ko'rinishlari, mushoiralar barchaga birdek manzur bo'ldi.