Yangiliklar

img
Sat, 05/06/2023 - 18:15

Bobur ijodiy merosini abadiylashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvarda qabil qilingan "Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risi"dagi PQ-20-sonli qarori ijrosini ta'minlash va ulug‘ ajdodimiz asarlarini abadiylashtirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.  2023-yilning 6-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida mazkur ishlar tahliliga va oldindagi rejalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov,  Prezident maslahatchisi-Spichrayter Xayriddin Sultonov, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU rektori Shuhrat Sirojiddinov, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi va ilmiy ekspeditsiyasi rahbari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi  Zokirjon  Mashrabov hamda turli tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan boburshunos olimlar ishtirok etishdi.


Yig'ilishda so'zga chiqqanlar Prezident qarorida belgilangan vazifalar, xususan, Bobur ensiklopediyasining 3-nashri, Bobur asarlari lug‘atini yaratish, shoir asarlarining chet tillariga tarjima qilinishi, elektron platforma yaratish jarayonlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida axborot berishdi.