Yangiliklar

img
Thu, 06/15/2023 - 14:23

BMI himoyalari o'tkazilmoqda

Yana bir o'quv yili yakuniga yetmoqda. Yurtimizning barcha Oliy ta'lim muassasalarida bitiruvchi kurs talabalari uchun BMI himoyalari va yakuniy davlat attestatsiyalari o'tkazilmoqda. Ayni damda Ona tili va adabiyot ta'limi fakultetida ham Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bо‘lib о‘tmoqda. Fakultetning 29 nafar bitiruvchi talabasi o'zlarining bitiruv malakaviy ishlarini maxsus komissiya va mehmonlar qarshisida himoya qilishdi. 
Komissiya a'zolari tomonidan bitiruvchilarning bilimi, mavzu doirasida bildirgan xulosalari yuqori baholandi.
Bitiruv malakaviy ishlari yozishni rad etgan bir guruh talabalar uchun mutaxassislik fanlaridan test ko'rinishida davlat attestatsiya sinovlari ham o'tkazilmoqda.