Yangiliklar

img
Fri, 11/18/2022 - 20:41

Blogerlik kasb emas

fakulteti Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi tomonidan noodatiy dars mashg‘uloti tashkil etildi.  
Talabalarga Sotsial media marketing fanidan taniqli bloger,  ko‘ngilochar video lavhalari bilan tanilgan vayner Ozod Shukurullayev mahorat darsi o‘tdi.  
Zamonaviy media olamda blog yuritish va ijtimoiy tarmoqlar marketingi jadal rivojlanib bormoqda.  Noshirlik ishi ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun sohalariga taalluqli bo‘lgan Sotsial media marketing fani o‘qitiladi.  Bu fan orqali bo‘lg‘usi noshirlar ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanish borasida ko‘nikmalarga ega bo‘lib boradilar.  Bugungi mashg‘ulotda taniqli bloger/shifokor blogerlik kasb emas, har kim blog yuritishi va o‘z qobiliyatini, foydali kontentini tarmoq foydalanuvchilariga taqdim etishi mumkinligini alohida qayd etdi.  Blogosferadagi marketing va foyda haqida to‘xtalar ekan, mehmon bu borada o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.  Qolaversa,  bloger,  avvalo,  o‘zini hurmat qilishi lozimligini, kuzatuvchilariga sifatli blog-postlar ulashishi,  yengil-yelpi kontentdan qochishi kerakligi aytib o‘tdi.  


Kelgusi bu fan mashg‘ulotlariga ijtimoiy tarmoqda ma'lum yo‘nalishni targ‘ib etuvchi, o‘z uslubiga ega blogerlar ham taklif etiladi.