Biz zöravonlikka qarşimiz!
2026-yil 26-noyabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida “Biz zöravonlikka qarşimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirda universitet Xotin-qizlar kengaşi raisi Odina Rasulova, yönaliş mas’ullari hamda Yakkasaroy tumani hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Dilfuza Rasulmuxamedova iştirok etdilar.
Muloqot davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, oilada va jamiyatda zöravonlikning oldini oliş, tazyiq va zöravonlikka duç kelgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquqiy savodxonligini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Iştirokçilar zöravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, oilalarda soğlom ma’naviy muhitni qaror toptiriş, insonning şa’ni, qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qiliş har bir fuqaroning muhim burçi ekanini ta’kidladilar.
Şuningdek, yoşlar, xususan, talaba-qizlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlaş, ularni turli tazyiq va zöravonlik holatlaridan himoya qiliş, muammoli vaziyatlarda tegişli yordam va kömakka murojaat etiş madaniyatini şakllantiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talaba-qizlarning huquqiy xabardorligini oşiriş, zöravonlikning har qanday körinişiga qarşi murosasiz munosabatni qaror toptiriş hamda universitetda xavfsiz va soğlom ijtimoiy muhitni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Zöravonlikka befarq bölmang! Hurmat, mehr va xavfsizlik — har bir insonning huquqi!

