Yangiliklar

img
Fri, 11/24/2023 - 07:05

Biz zoʻravonlikka qarshimiz

Joriy yilning 22-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari uchun navbatdagi foydali davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatiga mehmon sifatida taniqli  psixolog Saodat To‘ychiyeva  taklif etildi. Tadbir "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" shiori ostida oʻtkazildi. Mazkur tadbirda universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy- ma'rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektori, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi G.Jo‘rayeva va fakultet xotin-qizlari masalalari boʻyicha  dekan o‘rinbosarlari  hamda talabalar ishtirok etishdi. 
Bugungi kunda jamiyatimizda uchrab turayotgan bir noxush holat borki uni bartaraf etishda barchamiz birlashishimiz lozim. Bu ham bo‘lsa xotin-qizlarning zo‘ravonlik va tazyiqqa uchrashishini oldini olish, aytish lozim bo‘lsa bunday xolatlarga umuman yo‘l qo‘ymaslikdir. Tadbir davomida har bir maʼruzachi tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda xotin-qizlarimizni haq-huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili, shuningdek, gender tenglik, ayollar va erkaklar oʻrtasida teng huquqlar va imkoniyatlar, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, gender zoʻravonlikni oldini olish toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berib oʻtildi.
Uchrashuv so‘ngida  mehmonimiz talabalar bilan qizg'in  savol-javob qildi, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.