Yangiliklar

img
Fri, 02/02/2024 - 09:41

Bitiruvchilar amaliyotga kuzatildi

2024-yil 1-fevral kuni Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti 4-kurs talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti dekani M.Abdullayeva, O‘zbek adabiyoti ta’limi kafedrasi mudiri R.Niyozmetova, Ona tili ta’limi kafedrasi dotsenti M.Shodmonova, universitet ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i O.Sunnatov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘lim boshlig‘i M.Xurramov hamda amaliyotga mas’ul professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.    
Konferensiyani dastlab fakultet dekani M.Abdullayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi va amaliyotning maqsad-vazifalariga to‘xtaldi. Talabalar amaliyot davomida  ahamiyat qaratishi zarur bo‘lgan jihatlarga aniqlik kiritdi. O‘zbek adabiyoti ta’limi kafedrasi mudiri R.Niyozmetova “Mutaxassis kadrlarni tayyorlashda pedagogik amaliyotning o‘rni”, Ona tili ta’limi kafedrasi dotsenti M.Shodmonova “Amaliyotni tashkil etish tartibi va mazmuni” mavzusidagi ma’ruzalarida ona tili va adabiyot ta’limi jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari, o‘qitishga doir yondashuv va tamoyillar, metodlar, dars turlari va qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar, ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha baholash mezonlar, malakaviy amaliyot davrida talabalar tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim failyat turlari, hujjatlarni yuritish mazmuni xususida ma’lumot berishdi.

  

Konferensiya yakunida universitet ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i O.Sunnatov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘lim boshlig‘i M.Xurramovlar tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berildi.