
Birinchi bosqich talabalariga HEMIS tizimidan foydalanish bo'yicha mahorat darsi o'tkazildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek tili ta'limi hamda Ijtimoiy gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakultetlari birinchi bosqich talabalari uchun HEMIS tizimidan foydalanish bo'yicha mashg'ulot o'tkazildi. Jarayonda universitet Raqamli texnologiyalar markazi xodimlari talabalarga tizimdan foydalanish bo'yicha ma'lumot berdilar. Talabalarning bu boradagi savollariga javob berdilar. Hademay birinchi bosqich talabalari uchun rasman dars mashg'ulotlari boshlanadi. Raqamli universitet konsepsiyadan kelib chiqqan holda, o'quv jarayoni to'liq elektronlashtirilgan.
Bugungi mahorat darslarida talabalarga tanlov fanlar bo'yicha ham ma'lumotlar berildi. Talabalar HEMIS tizimida tanlov fanlarni tanlashni ham o'rganib oldilar.