Yangiliklar

img
Fri, 09/25/2026 - 22:46

“Birgalashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Birgalashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yakkasaroy tumani rahbari Ilhom Nazarov ma’ruza qildi.

Ma’ruzada Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan asosiy g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati keng yoritildi.

Xususan, mamlakat taraqqiyotining keyingi bosqichi “Milliy yuksalish o‘n yilligi” sifatida belgilanganligi, bu davrda inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan yettita milliy dasturni amalga oshirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi. Mazkur dasturlar ta’lim va kasb-hunar, aholi salomatligi, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot, suv va ekologiya, qonun ustuvorligi, mahalla taraqqiyoti, shuningdek, O‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlash kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olishi qayd etildi.

Shuningdek, nutqda O‘zbekistonning boy davlatchilik va ilmiy-ma’rifiy merosi, ajdodlarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi, ona tilimiz, milliy qadriyatlarimiz va tarixiy xotiramizning milliy o‘zlikni anglashdagi o‘rni haqida fikr yuritildi. Bu jihatlar, ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi universitet jamoasi uchun alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Ma’ruzada yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ilm-fan va ta’limni taraqqiyotning muhim omiliga aylantirish, jamiyatda daxldorlik va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida mamlakatimizda mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida fikr almashildi.

Tadbir yakunida yagona Vatan va yagona xalq sifatida mamlakatimizning yangi taraqqiyot bosqichida har bir fuqaroning bilim, mehnat, tashabbus va fidoyiligi bilan munosib hissa qo‘shishi muhim ekani qayd etildi. Prezident nutqida ilgari surilganidek, xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, yangi hayot va buyuk kelajakni birgalikda barpo etishi asosiy maqsad sifatida belgilandi.