Yangiliklar

img
Thu, 02/22/2024 - 17:08

Bir davrning ikki buyuk dargʻasi

2024-yil 20-fevral kuni ulug‘ mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan O‘zbek tili ta’limi fakultetida “Bir davrning ikki buyuk darg‘asi” deb nomlangan badiiy - ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Badiiy kechani fakultet dekani, prof. S.Muhamedova va universitet Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat ma'rifat bo'limi boshlig'i N.Razzakovalar ochib berishdi. O‘zbek filologiyasi fakulteti dotsentlari A.Dehqonovning “Falak ko‘rmadi men kibi nodire...”, D.Muhammadiyevaning “Bobur asarlari olimlar nigohida” mavzusidagi sermazmun ma’ruzalari tadbir ishtirokchilarida  katta qiziqish uyg‘otdi. 
Tadbirda, shuningdek, O‘zbek tili ta’limi fakulteti talabalari tomonidan Alisher Navoiy va Boburning  hayoti, faoliyati va ijodiga oid sahnalashtirilgan qiziqarli  lavhalar taqdim etildi, buyuk bobolarimizning g‘azal va ruboiylardan namunalar o‘qildi.

 

Ma’ruzachilar tomonidan berilgan yangi va qiziqarli ma’lumotlar, Navoiy va Bobur ijodidan o‘qilgan ijod namunalari tadbir mehmonlarida katta taassurot qoldirdi.