Yangiliklar

img
Thu, 05/18/2023 - 19:10

Binar mashg‘ulotlarning o‘ziga xosligi

2023-yil 18-may kuni O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchilari Manzura Shamsiyeva va Aziza Yusupovalar tomonidan O‘zbek filologiyasi  fakulteti 307-guruh talabalari uchun O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi fanidan “O‘zbek tilida presuppozitsiyaning ifodalanishi” muammosi tadqiqiga oid ilmiy manbalar tahlili” mavzusida binar ochiq dars tashkil etildi. Darsning maqsadi talabalarni ilmiy ish qilishga yo‘naltirish, fan bo‘yicha olgan bilimlarini tekshirish va mustahkamlash bo‘lib, mavzu bo‘yicha mahalliy va xorijda e'lon qilingan maqolalar tahlil qilindi. Dars davomida zamonaviy interfaol metodlardan samarali va maqsadga muvofiq ravishda foydalanildi. Talabalar faol ishtirok etishdi va dars yakunida esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Dars kuzatuvchi professor-o‘qituvchilar tomonidan ijobiy baholandi.