Yangiliklar

img
Thu, 10/06/2022 - 14:44

Binar mashg‘ulotlar — ikki karra mustahkam bilim

2022 - yil 6 - oktabr kuni  O‘zbek tili ta’limi fakulteti  O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili  1-kurs talabalari  uchun  tilshunoslik asoslari fanidan “Biolingvistika: zamonaviy ilm-fan bizdan nima kutmoqda?” mavzusidagi binar ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Unda ma’ruzachilar prof. Saodat Muhamedova hamkor  ma’ruzachi  sifatida  biologiya fanlari bo‘yicha  falsafa doktori (PhD), Xitoyning Chongqing shahridagi Janubiy-g‘arbiy universitet PostDok tadqiqotchisi  Baxtiyor Sheraliyev mashg‘ulot olib  borishdi.  Juda qiziqarli, mazmunli, interaktiv tarzda o‘tkazilgan mazkur binar ma’ruzada  til evolyutsiyasi va biologik turlar evolyutsiyasidagi o‘xshash qonuniyatlar, lingvistika va biologiya fanlari o‘zaro integratsiya qilgan soha - biolingvistika, aniq va  ijtimoiy fanlarning  ayni vaqtdagi holati, biz nimalarga tayyor turishimiz va bizdan nimalar kutilayotgani haqida fikrlar bildirildi. 


Hamkor  ma’ruzachi Baxtiyor Sheraliyev  dars oxirida talabalar va  ma’ruzaga qiziqib, boshqa OTMlardan kelgan talabalar, tadqiqotchilarning savollariga to‘liq javob qaytardi.  Ma’ruza talabalarda  katta taassurot  uyg‘otdi va ularga  ilmiy tadqiqot qilishda motivatsiya berdi.