Yangiliklar

img
Wed, 04/27/2022 - 17:41

“Bilimlar bellashuvi"ning ochilish marosimi

2022-yilning 27-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi  tomonidan tashkillashtirilgan arab, fors, nemis, fransuz, rus tillari bo’yicha  “Bilimlar bellashuvi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, filologiya bo’yicha falsafa doktori Nargiza Rashidova kirish so’zi bilan ochib berdi va bellashuv haqida umumiy ma'lumotlar berdi.

Jarayon davomida talabalar tillar bo’yicha guruhlashtirildi va alohida xonalarda birinchi bosqich sinovidan o’tishdi.

Muhrlangan testlar kafedra mudirasi tomonidan barchaning ko’z oldida ochildi.

Birinchi bosqichda ishtirokchi talabalardan test olinib, natijalar tezlik bilan e’lon qilindi.  Birinchi bosqich natijalari javoblar taxtasiga ilib qo’yildi.

Yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilargina ikkinchi bosqichga kirish imkoniga ega bo’lishdi.

Ikkinchi bosqichda ishtirokchilardan diktant olindi va mazkur bosqichdan yuqori ball egallagan talabalar ertaga, 28-aprel kuni ijodiy mavzudagi uchinchi bosqichda qatnashish imkonini qo’lga kiritishdi.

Eslatib o’tamiz, ushbu tanlovda barcha fakultet talabalari ishtirok etdi. Yakuniy natijalar 29-aprel kuni taqdirlash marosimida e’lon qilinadi va mutlaq g’oliblar diplom hamda mukofotlar bilan taqdirlanadi.