“Beş taşabbus” loyihasi doirasidagi sport musobaqalariga start berildi
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida “Beş taşabbus” loyihasi doirasida sport musobaqalarining oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbir davomida musobaqalarga rasman start berilib, talaba-yoşlarning sportga bölgan qiziqişini oşirişga qaratilgan bellaşuvlarga yöl oçildi.
Mazkur musobaqalar yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, jismoniy faollikni oşiriş hamda sport bilan muntazam şuğullanişni tarğib etişga xizmat qiladi. Şuningdek, talabalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş va ularni ommaviy sportga keng jalb qilişga alohida e’tibor qaratiladi.
Musobaqalar talaba-yoşlar uçun özlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va irodasini sinovdan ötkaziş, özaro tajriba almaşiş hamda yangi yutuqlarga erişiş imkoniyatini yaratadi. Bellaşuvlar davomida özaro hurmat, jamoaviy hamkorlik va halol raqobat tamoyillarini mustahkamlaş ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Universitetda sport tadbirlarini taşkil etiş orqali yoşlarning har tomonlama barkamol bölib voyaga yetişi, faol hayotiy pozitsiyasini şakllantiriş va iqtidorini namoyon etişi uçun qulay şaroit yaratişga intilinadi. “Beş taşabbus” loyihasi doirasidagi musobaqalar ham uşbu maqsadlarning amaliy ifodasidir.

