Yangiliklar

img
Mon, 11/02/2026 - 12:57

Berlinda özbek tili bayrami keng nişonlandi

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti, tarjimon Hafiza Qöçqorova Germaniya poytaxti Berlinda özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda iştirok etdi.

Özbekiston Respublikasining Germaniyadagi elçixonasida “Ona tili – millat faxri” mavzusida taşkil etilgan tadbirda Germaniyada istiqomat qilayotgan vatandoşlar, talabalar va jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Tadbirda ona tilining milliy özlikni anglaş, tarixiy xotira va madaniy merosni asrab-avaylaşdagi örni, xorijda özbek tilini tarğib qiliş, yoş avlodda ona tiliga hurmat tuyğusini şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Özbekistonning Germaniyadagi elçisi Dilşod Axatov özbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oşiriş, uni zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan integratsiya qiliş hamda xorijdagi vatandoşlar örtasida ona tiliga ehtiromni kuçaytiriş borasidagi vazifalar haqida söz yuritdi.

 

Tadbirda iştirok etgan Hafiza Qöçqorova özbek va nemis adabiyoti örtasidagi tarjima aloqalarini rivojlantirişga munosib hissa qöşib kelayotgan mutaxassislardan biridir. U özbek tilida yaratilgan adabiy asarlarni nemis tiliga, nemis adabiyoti namunalarini esa özbek tiliga tarjima qilib, ikki xalqning adabiy va madaniy merosini özaro tanitişga xizmat qilmoqda.

Berlindagi tadbirda uning iştiroki ham ona tilimizni xorijda tarğib etiş, özbek adabiyotini xalqaro miqyosda tanitiş va madaniyatlararo muloqotni rivojlantiriş nuqtayi nazaridan ahamiyatlidir.

 

Bunday uçraşuvlar xorijda yaşayotgan vatandoşlar bilan ma’naviy aloqalarni mustahkamlaş, özbek tilining xalqaro mavqeyini yuksaltiriş hamda milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni keng tarğib etişga xizmat qiladi.