Yangiliklar

img
Thu, 11/17/2022 - 16:38

Bayramga munosib tuhfa

17-noyabr — Xalqaro ilm o‘rganuvchilar kuni. Shu munosabat bilan bugun talabalar uchun O'zbekiston davlat xalq akademik cholg'ular orkestrining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.  Jonli ijro san'at va madaniyatga befarq bo‘lmagan aziz o‘rganuvchilarimizga g‘oyat manzur bo‘ldi.  
Konsertda jahon musiqa san'atining eng mashhur kompozitsiyalari ijro etildi.  Sho‘x kuylar raqsga chorlasa, g‘arb mumtoz musiqasi chuqur mushohadaga undaydi kishini. 

Bugungi konsert chin ma'noda yoshlarga munosib tuhfa bo‘ldi!