Yangiliklar

img
Sat, 01/14/2023 - 14:34

Bayram tabrigi

  Hurmatli rektorimiz Shuhrat Samariddinovich!
Universitetimizning aziz professor-o‘qituvchilari, xodimlar, g‘ayratli, shijoatli talaba yigitlar
!

Poyi zaminni asrash turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, albatta. Millat farzandini tarbiyalayotgan, ziyoli bo‘lishi uchun kamarbasta bo‘lgan aziz ustozlar va shu yo‘lga ahd qilgan talabalar ham asl Vatan — kelajak himoyachilaridir!

Azizlar!

Sizlarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizlar Vatanimizning mustahkam tayanchi, xalqimiz g‘ururi va sha’ni, yurtimiz ishonchli qalqoni, oilalarimiz boshi, farzandlarimiz yo‘lboshchilari, suyangan tog‘larimizsiz!
Sizlar borki, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, hayotimiz osuda.
Sizlar borki, oilalarimiz farovon, baxtimiz to‘kis, kunlarimiz ravshan.
Sizlar borki, og‘ir va mashaqqatli hayot sinovlarini osongina yengib o‘tamiz.

Buyuk bir mehrni dilga etib jo,
Shu poyi zaminga tiksa-da jonin.
Qiz qo‘liga qilich berilmas illo,
O‘g‘lonlar asraydi asli Vatanni.
O‘t jonlar asraydi asli Vatanni.


Bugungi bayram bilan — Vatan himoyachilari kuni bilan barchangizni chin dildan tabriklaymiz!
Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘lik tilaymiz.
Vatanning mard va jasur farzandlarini, vatanparvar yoshlarini tarbiyalashda Sizlarga kuch-quvvat, muvaffaqiyat yor bo‘lsin.
Ismingiz jasorat, shijoat so‘ziga egiz. Nomingizning o‘zi ishonch bo‘lib yangrasin! Ana shu mardona tuyg‘ular hayot davomida hamrohingiz bo‘lsin!
Bayram muborak!

Universitet xotin-qizlari nomidan
Universitet xotin-qizlar Kengash raisi Gulnoza Jurayeva