Yangiliklar

img
Fri, 10/20/2023 - 16:44

Bayram oldidan

Universitetimiz vakillari yurtimizning turli vazirlik va idoralarida O'zbek tili kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan bayram  tantanalarida faol ishtirok etishmoqda. 
Jumladan,  ToshDO‘TAU katta o‘qituvchisi Sabohat Bozorova “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUKda  “O‘zligimiz timsoli ‒ ona  tilim” mavzusida   tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi. U anjuman avvalida so'zga chiqib, o'z ma'ruzasida davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar,   ushbu yo‘nalishda 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiya va alohida dasturning hayotga joriy etilayotganligi, reklama va targ‘ibot materiallarini davlat tilida e’lon qilish tartiblari hamda davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishda o‘zbek tilini bilish darajasi bo‘yicha aniq talablar belgilangani, o‘zbek tilini rivojlantish,  lotin  yozuviga asoslangan  alifbomizni takomillashtirish  yo‘lidagi sa’y-harakatlar, ToshDO‘TAU jamoasining  o‘zbek tilining nufuzi va maqomini yanada oshirishga   yo‘naltirilgan amaliy ishlari haqida ma’lumot berdi. 
Mazkur kafedra o'qituvchisi Zarnigor Davronova "O'zkomnazorat" inspeksiyasida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligini tantanali nishonlash maqsadida sana arafasidagi bayram  "Ona tilim- g'ururim, faxrim" mavzusidagi tadbirda ma'ruza qildi.
Bu yil Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil toʻldi. Shu munosabat bilan MikrokreditBANK tizimida ham ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yoʻldoshev ishtirok etdi. Professor tilsiz jamiyat rivojlanmasligi, taraqqiy topmasligini ta'kidlab, barchani bayram bilan qutladi.